Raqamli egizakmi yoki Aqlli uy?
Aqlli uy tizimi ko‘pchilikning hayotiga kirib ulgurdi: chiroqlarni ovoz orqali yoqish, avtomatik pardalar, suv sizib chiqish datchiklari, iqlim nazorati va mobil ilovadagi bildirishnomalar. Bunday "servis" bilan turmush tarzi ancha qulaylashgani bor gap. Biroq, ufqda yangi avlod tizimlari — Raqamli egizaklar (Digital Twins) ko‘rinmoqda. Ular o‘xshash eshitilsa-da, mohiyati butunlay boshqacha.