Raqamli egizakmi yoki Aqlli uy?

33
Aqlli uy tizimi ko‘pchilikning hayotiga kirib ulgurdi: chiroqlarni ovoz orqali yoqish, avtomatik pardalar, suv sizib chiqish datchiklari, iqlim nazorati va mobil ilovadagi bildirishnomalar. Bunday "servis" bilan turmush tarzi ancha qulaylashgani bor gap. Biroq, ufqda yangi avlod tizimlari — Raqamli egizaklar (Digital Twins) ko‘rinmoqda. Ular o‘xshash eshitilsa-da, mohiyati butunlay boshqacha.
Raqamli egizakmi yoki Aqlli uy?

Farqi nimada?

Aqlli uy oldindan belgilangan ssenariylar bo‘yicha ishlaydi: kimdir sozlaydi — u bajaradi. Raqamli egizak esa sizning mulkingizning virtual nusxasi bo‘lib, u qulaylik darajasini qanday qilib yangi bosqichga olib chiqishni oldindan "biladi". U ma’lumotlarni to‘playdi, tizimlar ishlashini tahlil qiladi, eskirishni bashorat qiladi, resurslar qayerda isrof bo‘layotganini ko‘rsatadi va dinamik ssenariylar yordamida yechimlar taklif qiladi.

Iqlim nazorati: Oddiy xonadonda Aqlli uy haroratga qarab konditsionerni yoqishi mumkin. Raqamli egizak esa tashqarida +30°C bo‘lganda, aynan soat 14:00 dan 17:00 gacha xonadoningiz quyoshli tomonda bo‘lgani uchun qizib ketishini biladi. U pardalarni tushiradi va sovutish rejimini minimal xarajat bilan qayta sozlaydi.

Tejamkorlik: Elektr energiyasi uchun hisob-kitob oshib ketganda, Aqlli uy hech narsani sezmaydi. Raqamli egizak esa barcha tugunlarning holatini tahlil qilib, nima uchun isitish tizimi va konditsioner bir vaqtda "talashib" ishlayotganini yoki siz uyda yo‘qligingizda nega shamollatish tizimi o‘chmaganini aniqlaydi.

Sizga esa sabab qidirib o‘tirmasdan, shunchaki tanlash qoladi:

  • Yangi ssenariy yaratish
  • Yoki servis xizmatini chaqirish

Keling, taqqoslaylik:

Aqlli uy Raqamli egizak
Vazifa Avtomatlashtirish va qulaylik Prognozlash, modellashtirish, avtomatlashtirish va qulaylik
Ish Berilgan stsenariylar va buyruqlarga muvofiq Real vaqt rejimida, to'plangan ma'lumotlar va dinamik stsenariylar asosida
Yondashuv Hodisalarga munosabat bildiradi Bashorat qiladi, maslahat beradi va optimallashtiradi
Daraja Mahalliy Muhandislik, analitik

Bugungi kunda Raqamli egizaklar "aqlli" turar-joy majmualari va biznes markazlarida isitish, ventilyatsiya va xavfsizlikni optimallashtirish uchun qo‘llanilmoqda. tarzingizni tushunish uchun.

Sun’iy intellektga asoslangan ushbu texnologiyalar ertaga hatto bir xonali kvartiralarda ham paydo bo‘ladi — shunchaki "bajarish" uchun emas, balki uyingizni va turmush

Читайте также